Kassa oching yoki mavjud agentligingizga MySafarni ulang. Reys qidirasiz, bron qilasiz, chipta chiqarasiz — hammasi bitta dashboardda. Har bir sotuvdan komissiya sizga.
Sayt qilish, dasturchi yollash, aviakompaniyalar bilan shartnoma tuzish shart emas. Sizdan mijoz, bizdan tizim.
Uchta yo‘nalish
Aviakassa — tayyor dashboard
Shartnomadan so‘ng tizimga kirish beriladi. Reysni qidirasiz, bron qilasiz, chiptani chiqarasiz, kerak bo‘lsa qaytarasiz. Hech narsa o‘rnatish yoki ishlab chiqish shart emas — brauzer va internet yetarli. Operatorlaringizni o‘qitib beramiz, komissiya savdo hajmiga qarab kelishiladi.
API hamkor — o‘z platformangizga ulanish
Sayt yoki ilovangiz bor bo‘lsa, chiptani o‘z interfeysingizda sotasiz. API kalit, sandbox, webhook va texnik hujjat beriladi. Integratsiya davomida muhandislarimiz aloqada bo‘ladi. API dashboard bilan birga ham ishlaydi.
Biznes — korporativ tarif
Xodimlar safari uchun har safar agent qidirmaysiz. Korporativ narxlar, hisob-faktura bilan to‘lov, xarajatlar hisoboti va shaxsiy menejer.
Kimlarga mos
Endi boshlayotganlar
Ofis yoki savdo nuqtangiz bor, aviachiptani yangi xizmat sifatida qo‘shmoqchisiz. Boshlang‘ich investitsiya talab qilinmaydi.
Amaldagi agentliklar
Bir nechta yetkazib beruvchi bilan ishlaysiz, lekin yo‘nalish qamrovi yoki komissiya qoniqtirmayapti. Bizni parallel kanal sifatida ulab, taqqoslab ko‘ring.
O‘z platformasi borlar
Sayt, ilova yoki bot orqali mijozga xizmat qilasiz va aviachiptani assortimentga qo‘shmoqchisiz. API aynan shu uchun.
Ariza qoldiring